Carl Maria von Weber (; 1786.18.11, Eytin - 1826.5.6, London) — nemis kompozitori, pianinochi, dirijyor. Nemis romantik operasi asoschisi hisoblanadi. 1804-yildan turli shaharlarda opera dirijyori boʻlib ishlagan. "Erkin mergan" (1820) operasi Yevropa musiqa teatri tarixida salmoqli oʻrin egallagan. "Oberon" ertak-romantik operasi (1826), "Turandot" (1821, K. Gotssi asari asosida) spektakliga yozgan musiqalarida Sharq xalqlari kuylaridan foydalanib, musiqiy oriyentalizmga hissa qoʻshgan. "Raqsga chorlov" pyesasi, puflama sozlar uchun konsertlari mashhurdir.
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Klassik musiqa Turkum:Bastakorlar