thumb|200px|Gustav Ludwig Hertz Gustav Ludwig Hertz () (1887.22.7, Gamburg -1975) - nemis fizigi, Myunxen va Berlin universitetlarida oʻqigan. 1954-yildan Leypsigdagi fizika instituti direktori. Ilmiy ishlari spektroskopiyaga oid. J. Frank bilan hamkorlikda elektronlarning atomlar bilan toʻqnashuviga doir tajribalar (Frank—Gers tajribasi, 1913)oʻtkazgan. Rentgen nurlarining yutilish spektrini oʻrgangan, diffuziya, elektron emissiya, gazlardagi razryadlar, plazma fizikasi, ultratovush, yarimoʻtkazgichlarga oid qator tadqiqotlar olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1925, J. Frank bilan hamkorlikda)OʻzME.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:XX asr nemis fiziklari Turkum:1887-yilda tugʻilganlar Turkum:1975-yilda vafot etganlar Turkum:22-iyulda tugʻilganlar