Got tili — qad. german qabilalaridan gotlar tili, german tillari sharqiy guruhiga mansub. U Skandinaviyadan topilgan miloddan avvalgi I asrga oid yozuv yodgorliklardan maʼlum. Ikki asosiy shevasi — ostgot va vestgot boʻlgan. Got tilida umumgerman tillariga xos xususiyatlar — shovqinli undoshlar, unlilar uygʻunlashuvi, analitik feʼl shakllari boʻlgan. Bular hozirgi Qrim hududida amalda boʻlgan qad. got tilining (ostgot shevasidagi) O. G. de Busbek tomonidan XVI asrda yozib qoldirilgan namunalarida uchraydi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Tillar