Artur Razmikovich Grigoryan (1967.20.10, Toshkent) — bokschi. Xalqaro sport ustasi (1987). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (1991). Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1993). 1978-yildan boks bilan shugʻullanadi. Birinchi ustozi L. Ahmadjonov. Grigoryanga 1986—1993-yillarda Vladimir Shin murabbiylik qilgan. Havaskorlik boksida 387 ta jang qilib 372 tasida gʻolib chiqqan. 1994-yildan professional boksda (germaniyalik Frits Sdunek rahbarligida musobaqalarga tayyorlanadi). Qitʼalararo chempion (1995). Grigoryan Jahon boks tashkiloti (WBO) tasnifi boʻyicha 61,2 kg vazn toifasida 16-marta jahon chempioni (1996 — 2002, yanvar; Berlin, Gamburg, Kotbus va hokazo). Professional boksda 34 marta jang qilib hammasida yenggan, „Qirol“ („Konig“) nomi bilan tanilgan. Grigoryan chempionlik „Oltin kamar“ining biri Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (1998), Mehnat shuhrati ordeni (1996) bilan taqdirlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari