Mixail Iosifovich Gurevich (1892.31.12, Kursk viloyati — 1976.25.11, Leningrad) — aviakonstruktor. Planyorlar va samolyotlarni yaratish bilan shugʻullangan. Juda baland va tez uchadigan qiruvchi samolyotlar (MIG) ni loyihalagan va qurgan (Ar. Mikoyan bilan birga). Bu samolyotlar 1941—1945-yillardagi urushda juda ish bergan. Gurevich keyinchalik juda tez uchadigan qiruvchi reaktiv samolyotlarni loyihalash va qurishda ishtirok etgan"Gurevich Mixail Iosifovich" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Rossiya kishilari Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:31-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1976-yilda vafot etganlar Turkum:25-noyabrda vafot etganlar Turkum:Leningradda vafot etganlar