Damanhur — MARdagi shahar. Mamlakatning shimolida, Nil daryosi deltasida, Iskandariya shahridan 50 km janubda joylashgan. Buhayra muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 212,2 ming kishi (1996). Muhim temir yoʻl, avtomobil va suv yoʻllari tuguni. Savdo-hunarmandchilik, oziq-ovqat va yengil sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik sanoati korxonalari, yogʻ zavodlari, paxta tozalash, gugurt, gilam toʻqish fabrikalari, teatr bor.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Misr shaharlari Turkum:Misrning metropolitan hududlari Turkum:Misrning oʻrta asr shaharlari Turkum:Buhayra muhofazasi aholi punktlari