Dimetilamin, (CH3)2NH - alifatik qatorning ikkilamchi amini. Qoʻlansa hidli rangsiz gaz; sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi; suyuqlanish temperaturasi — 92,2°, qaynash temperaturasi 6,9°. Suvda va organik erituvchilarda eriydi, kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi, atsillanadi, alkillanadi va hokazo. D. oqsil moddalar chiriganda hosil boʻladi; sanoatda metil spirt bilan ammiakdan, shuningdek, formaldegid bilan ammoniy xloriddan olinadi. Organik sintezda shifobaxsh dorilar (dikain, aminazin va b.,), raketa yoqilgʻisi (diametilgidrazin) va hokazo tayyorlashda qoʻllanadi.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Kimyoviy birikmalar