Diplomatik munosabat - xalqaro huquq meʼyorlariga va xalqaro muloqot tajribasiga koʻra davlatlar oʻrtasida rasmiy munosabatlarni yuritishning asosiy shakli. Diplomatik munosabat davlatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirishga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turishga koʻmaklashishi zarur. Diplomatik munosabatlar to'g'risidagi 1961-yildagi Vena konvensiyasiga binoan davlatlar o'rtasidagi diplomatik munasabatlar oʻzaro kelishuv asosida yoʻlga qoʻyiladi. Diplomatik munosabatni oʻrnatishda odatda biron-bir davlat va uning hukumatining boshqa bir davlat tomonidan defakto yoxud deyure tan olinishi dastlabki qadam hisoblanadi. Diplomatik munosabatlar manfaatdor davlatlar vakillari bilan bevosita yoki bilvosita, uchinchi bir davlat diplomatik vakillari bilan muzokara yuritish natijasida oʻrnatiladi hamda davlatlar va hukumatlarning boshliqlari, tashqi ishlar vazirlari, maxsus vakolatli shaxslarning oʻzaro maktub, telegramma va xatlar ayirboshlashi tarzida rasmiylashtiriladi. Tomonlar diplomatik munosabat oʻrnatilishi fakti haqida, diplomatik vakilliklar darajasi (elchixona yoki missiya), bitimning kuchga kirish sanasi, uni eʼlon qilish muddati va tartibi toʻgʻrisida ham oʻzaro kelishib oladi.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Xalqaro tashkilotlar Turkum:Xalqaro aloqalar Turkum:Xalqaro chegaralar Turkum:Xalqaro huquq Turkum:Xalqaro munosabatlar Turkum:Xalqaro munosabatlar nazariyasi Turkum:Xalqaro munosabatlar tarixi Turkum:Xalqaro shartnomalar Turkum:Xalqaro xavfsizlik Turkum:Huquq Turkum:Huquqiy adabiyotlar Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Huquqiy etika Turkum:Huquqiy hujjatlar Turkum:Huquqiy tarix Turkum:Huquqiy tizimlar Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqshunoslikka oid chala maqolalar Turkum:Siyosat Turkum:Siyosatchilar Turkum:Siyosatga oid chala maqolalar Turkum:Siyosatshunoslik Turkum:Siyosatshunoslik nazariyalari Turkum:Siyosiy atamalar Turkum:Siyosiy harakatlar Turkum:Siyosiy tarix Turkum:Siyosiy madaniyat Turkum:Siyosiy tizimlar Turkum:Siyosiy tushunchalar Turkum:Tashqi siyosat Turkum:Diplomatik hodisalar Turkum:Diplomatiya Turkum:Davlat Turkum:Davlat apparati Turkum:Davlat boshqaruvi Turkum:Davlat xavfsizligi Turkum:Davlat tashkilotlari Turkum:Davlatlarga koʻra tashqi siyosat