Drangʻiyona, Dranga (qad. Eron bitiklarida Zranka, soʻngra Zarang, antik davr mualliflaridagi Zarangiana nomi shundan olingan) — qad. Eron viloyati; Hamun koʻli havzasi va Hilmand daryosining quyi oqimi boʻylarida joylashgan (hozirgi Eron bilan Afgʻonistonning koʻshni rayonlari). D.ga saklarning kelishi (mil av. II asrning oxiri) bilan D.ning yangi — Sakastan (Seyiston) nomi joriy boʻlgan.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Tarixiy viloyatlar Turkum:Eron tarixi Turkum:Afgʻoniston Turkum:Zardushtiylik tarixi