Doʻstlik — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Denov shahridan 12 km janubida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 3,4 ming kishini tashkil etadi (1999). Doʻstlikda paxta tozalash zavodi, tayyorlov idoralari faoliyat kursatmoqda. Klub, kutubxona, umumiy taʼlim maktabi, tibbiyot muassasalari bor. Doʻstlikdan tuman markazi Denov shahriga avtobus qatnaydi"" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Denov tumani Turkum:Surxondaryo viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari