Ё — oʻzbek kirill alifbosining yettinchi harfi. Oʻzbek adabiy tilida yolashgan unli boʻlib, "y" va "o" tovushlari birikmasini ifodalaydi. Soʻz boshida (ён — yon, ёш — yosh va b.), oʻrtasida (таёқ — tayoq, оёқ — oyoq va b.) va oxirida (дарё — daryo, қиё — qiyo va b.) keladi. Avesto, Urxun-Yenisey, soʻgʻd yozuv yodgorliklarida, lotin, arab grafikasi asosidagi alifbolarda uchramaydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Kirill alifbosi harflari