Joʻzjon ( Jowzjān) — Afgʻonistonning shimolidagi viloyat. Shimoliy tomonidan Oʻzbekiston, sharqiy tomonidan Balx viloyati va gʻarbiy qismida Foryob viloyati bilan chegaradosh. Aholisi 512,100 kishi (2012), aholisining yarmidan ziyod qismini oʻzbeklar va Tojiklar tashkil qiladi. Maʼmuriy markazi Shibirgʻon shahri.
Tarixi "Shohnoma"pa Turon shohi Afrosiyob bilan bogʻliq voqealar munosabati bilan qayd etib oʻtilgan. Xitoy manbalarida ("Tanshu") Xu-chje-kyen deb nomlanib uning podshosi 50 ming kishilik qoʻshinga ega ekanligi va u Toharistonning turkiy qavmlardan boʻlgan oliy yabgʻusiga tobe ekanligi aytilgan. Arablar istilosidan avvalgi davrda Joʻzjon hokimlari "guzgon-xudot" yoki "Guzganon shox." unvoniga ega boʻlishgan. X asrda Joʻzjonda hukmronlik qilgan Farigʻuniylar sulolasi vakillari ana shu unvon bilan aytilgan. Arab xalifaligi davrida Joʻzjon viloyatidan atigi 152 ming dirham xiroj olingan. X asrda Joʻzjon keng hududni qamragan badavlat, gullab-yashnagan viloyat boʻlgan. Gʻarbda u Garchiston va Marv, sharqda Balx, Tohariston va Bomiyon, janubda Gʻur va Bust, shimolda Amudaryo bilan chegaralangan. Joʻzjon hokimi shu qadar kuchli boʻlganki, hatto Somoniylar xiroj toʻlamay faqatgina sovgʻa-salom joʻnatib turganКОММЕНТАРИИ К ТЕКСТУ. "Hudud ul-olam"ga koʻra Joʻzjon shohi oʻz zamonasidagi hukmdorlar ichida eng obroʻli, qudratli, aqlli, dono va oʻqimishlisi boʻlgan. Uning mulkida adolat, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan. IX asrda Joʻzjonning poytaxti Anbar shahri (hoz. Saripul) boʻlib, unda xalifalik voliysining qarorgohi joylashgan. X asrda unda Farigʻuniylarning qishki qarorgohi boʻlib, yozgi qarorgoh Gurzuvon shahrida boʻlgan. "Hudud ul-olam"ga koʻra Anbar boy shahar boʻlib, savdo ahli gavjum boʻlgan markaz sanalgan. Bu yerda mashhur "guzgon terisi" tayyorlanib, u turli mamlakatlarga chiqarilgan. Shaharda oʻzining zarbxonasi, ulkan jome masjidi boʻlgan. 1019-yil farigʻuniylar sulolasi taxtdan agʻdarilgach, Mahmud Gʻaznaviy Joʻzjonni Gʻaznaviylar saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Joʻzjon bu davrda yirik iqtisodiy va harbiy-siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan. 1198-yil aprelda Joʻzjon qoraxitoylar bosqiniga uchragan. XIII asr boshida uni moʻgʻullar, XIV—XV asrlarda temuriylar egallagan. XVI asrda shayboniylar, XVII asrda auimapxoHuwiapra tobe boʻlib Balx mulkiga tegishli boʻlgan. XVIII asr oʻrtalaridan afgʻonlarning Durroniylar davlati, 1919-yilda mustaqil Afgʻoniston davlati tuzilgach, uning viloyatlaridan biri.
Maʼmuriy boʻlinishi 250px|thumb|right|Joʻzjon viloyatining tumanlari. Joʻzjon viloyati 11 tumanga boʻlinadi. Aqcha tumani Darzab tumani Qarqin tumani Qoʻsh Tepa tumani Mardyan tumani Mingajik tumani Fayzobod tumani Khwaja Du Koh tumani Hamyob tumani Xoniqa Tumani Shibirghan tumani
Shahar va aholi punktlari Viloyatning katta shaharlari hisoblanadi (2006): Shibirgʻon — 38 100 kishi Aqcha — 35 300 kishi Qarqin — 10 600 kishi
Adabiyotlar Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamal iddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv. T., 1996.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Afgʻoniston viloyatlari Turkum:Joʻzjon viloyati Turkum:Afgʻoniston Islom Respublikasi viloyatlari