Kaklikoʻt, togʻjambil, toshchoʻp () – yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15 sm cha. Toshloq yerlarda, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Iyun—avgustda gullab, sentyabrda urugʻlaydi. Maysaligida ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi. Yer ustki qismidan farmatsevtika va atir-upa sanoatida ishlatiladigan efir moyi olinadi. Gullagan davrida efir moyi koʻp toʻplanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Biologik turlar