Carl Ferdinand Cori (1896. 5.12, Praga — 1987) — amerikalik biokimyogar. Praga universitetini tugatgan (1920). AQSH Milliy akademiyasi va London qirollik jamiyati aʼzosi. Vashington universiteti professor (1931-yildan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmidagi uglevodlar almashinuvini oʻrganishga bagʻishlangan. Glyukoza (1)-fosfat ("Qori efiri") moddasini kashf etgan va sof holda ajratib olgan. Glikogenning katalitik jarayonlarini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1947; G. T. Kori bilan hamkorlikda)"KORI (Cori) Karl Ferdinand" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:5-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:20-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari