thumb Krevetkalar () — oʻnoyoqli qisqichbaqasimonlar kenja turkumi. Uzunligi 2—30 sm. Tanasi ikki yon tomondan siqiq. Muskulli qorni boshi va koʻkragiga nisbatan uzun. 1- va 2- juft koʻkrak oyoqlarida qisqichlari boʻladi. Oxirgi juft qorin oyoqlari (uropodlar) va dumi (telson) dum suzgichni hosil qiladi. Urgʻochilarining qorinoyoqlari tuxumini olib yurish, erkaklariniki (1- va 2- jufti) kuyikish organi vazifasini bajaradi. 2 000 ga yaqin turi bor; dengizlar va chuchuk suvda planktonda va suv tubida yashaydi. Suvning oʻta chuqur qismida yashaydigan turlari yogʻdu chiqaradi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Krevetkalar ovlanadigan qisqichbaqasimonlar orasida birinchi oʻrinda turadi.

Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.