Krinitsa — Polshadagi iqlim kurorti, Visla daryosi havzasida, NoviSonch togʻlaridan jan.-sharqda, 600 m balandlikda. Iqlimi moʻʼtadil nam, qishi yumshoq quyoshli (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°) va yozi moʻʼtadil iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 17°), yiliga 800 mm yogʻin yogʻadi. Karbonat angidridli mineral suvlar, torfli balchiq bilan davolanadi. XIX asr oʻrtalaridan boshlab kurort sifatida rivojlangan. Dam olish, turizm va togʻ changʻi sporti markazi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar