Marvirud, Marvarrud (, ) — Bolo Murgʻob yoki MaruchaqИзвестия АН Туркменской ССР. — АН Туркменской ССР, 1970. — с. 35. shahrining eski nomi. Murgʻob daryosining boʻyida (Afgʻoniston hududida) joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda Marvirud oʻrnida qadimda Iskandar Makduniy tomonidan Margʻiyonada qurilgan Aleksandriya shahri boʻlgan, keyinchalik uni salavkiylardan Antiox qayta tiklagan. Ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda Marvirud muhim strategik shahar va istehkom sifatida mashhur boʻlgan. Marvirud nomi soʻnggi bor Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sida uchraydi. Yazdiyning qayd etishicha, uning davrida shahar Murgʻob nomi bilan mashhur boʻlgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Afgʻoniston Turkum:Oʻrta asrlar Xurosoni Turkum:Oʻrta asrlar Afgʻonistoni