Guglielmo Marconi () (1874.25.4, Bolonya - 1937.20.7, Rim) — italiyalik radiotexnik va tadbirkor. Muntazam ilm olmagan. Elektromagnit toʻlqinlar haqida asosiy maʼlumotlarni italyan fizigi A. Rigidan olgan, uning rahbarligida oʻsmirlik davrida fizika bilan shugʻullangan. 1896-yilda Buyuk Britaniyaga koʻchgan va u yerda elektromagnit toʻlqinlar yordamida signal berish tajribalarini oʻtkazgan. 1897-yilda simsiz telegraflash usuliga tegishli ixtirosiga patent olgan, aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilgan (1897). Aloqa vositasi sifatida radioni rivojlantirgan. 1901-yilda Atlantika okeani orqali radioaloqa oʻrnatgan. Nobel mukofoti laureati (1909; K. F. Braun bilan hamkorlikda)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:1874-yilda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar Turkum:25-aprelda tugʻilganlar Turkum:20-iyulda vafot etganlar Turkum:Bolonya universiteti faxriy doktori