Toʻxtasin Mirzayev (1913, Andijon viloyati, Marhamat qishlogʻi — bedarak yoʻqolgan) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942-yildan armiyada. Dasht fronti 37-armiyasining 10-gvardiyachi havodesant diviziyasi, 30-polkining oʻqchisi. 1943-yil 3-oktabrda Dnepropetrovsk viloyati, Verxnedneprovsk rayonnidagi Mishurin Rog qishlogʻi uchun boʻlgan jangda alohida jasorat koʻrsatgan. 1943-yil 20-dekabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Andijon viloyati Asaka tumanidagi 3maktab va internat maktabiga nomi berilgan. Marhamat shahrida haykal oʻrnatilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:1943-yilda vafot etganlar