Mirzo Sodiq Munshiy (toʻliq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy) (XVIII asr 50-yillari, Jondor tumani — 1819, Karshi) — shoir. "Sodiq" taxallusi bilan ijod qilgan. U saroy xizmatiga chaqirilib, Buxoro mangʻit hukmdorlari amir Doniyol, amir Shohmurod va amir Haydarlar davrida oddiy mirza (munshiy)likdan mirzaboshi — bosh munshiylik darajasiga koʻtariladi.
M.S.J.dan bizgacha 4670 bayt yetib kelgan. Uning 2 devoni va bir munshaot (xatlar, nomalar) toʻplami mavjud: birinchi devoni 300 dan ortiq gʻazal, 14 muhammas, 59 ruboiy, 20 qitʼa, 2 qasida, 34 muammo va 20 fardni oʻz ichiga olgan boʻlsa, ikkinchisi "Daxmai shohon" ("Shohlar qabristoni"), "Rafʼi tumani Ohugiru Xayrobod" ("Ohugir Xayrobod tumanlariga sayohat"), "Qazovu qadar "("Qismat"), "Oshiq shudani darvesh ba duxtare" ("Darveshning bir qizga oshiq boʻlgani") nomli dostonmasnaviylari hamda 33 ta taʼrixqitʼadan iborat. M.S.J.ning 27 ta qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Adabiyot Karimova D., Sodiq Munshiy — Jondorning shirinkalom shoiri, T., 2001.
Dilerom Karimova.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:1758-yilda tugʻilganlar Turkum:Jondor (shaharcha)da tugʻilganlar Turkum:Buxoro amirligida tugʻilganlar Turkum:1820-yilda vafot etganlar Turkum:Buxoroda vafot etganlar Turkum:Buxoro amirligida vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Alifbo boʻyicha tarixchilar Turkum:Buxoro amirligi tarixchilari Turkum:Buxoro amirligi shoirlari Turkum:Oʻzbek xonliklarining madaniyat va sanʼat namoyandalari Turkum:Tojik shoirlari