Nasl (arab.) —1) bir populyasiyaga mansub individlarning bevosita avlodi; 2) maʼlum belgi-xususiyatlarga ega, bir turga mansub oʻsimliklar va bir zotga mansub hayvonlar guruhi. Fiziologik, biologik voyaga yetgan hayvonot yoki oʻsimlik olamidagi individlar oʻzidan N. qoldiradi. N. avlod davomchisi hisoblanadi. (qarang Naslchilik). OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi