Naʼt (arab. — maqtov, taʼrif) — mumtoz adabiyotning anʼanaviy tarkibiy qismlaridan biri. Odatda, katta sheʼriy-epik asar (doston)lar, baʼzan ilmiy asarlar bosh qismida hamd va munojotpan keyin keladi. N., asosan, paygʻambar (lar) shaʼniga aytiladigan maqtovdan iborat boʻlib, koʻpgina mumtoz sheʼriy asarlarda uchraydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar