Rafiq Nishonovich Nishonov (1926-yil 15-yanvar, Gʻazalkent sh. Boʻstonliq — 2023-yil 12-yanvar, Moskva) — siyosatchi, diplomat. Faoliyati 1951-yildan tuman partiya komiteti kotibi, Toshkent shahri partiya komiteti boʻlim mudiri, Toshkent shahri ijroiya qoʻmitasi raisi. Oʻzbekiston KP MK kotibi (1963—70). 1970-yildan Shri Lanka Respublikasi va Maldiv Respublikasida SSSRning Favqulodda va muxtor elchisi, SSSRning Iordaniyadagi elchisi. Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1985—86). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1986—88). Oʻzbekiston KP MK 1-kotibi (1988—89). SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi (1989— 91)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. 1991-yil sentabrdan — SSSR Prezidentining maslahatchisi.

1991-yil noyabrdan — nafaqaga chiqqan.

2012-yilda „Derevya zeleneyut do meteley“R. Nishanov. Derevya zeleneyut do meteley. M. Molodaya gvardiya, 2012, 416 str., 3000 ekz. ISBN 978-5-235-03584-3 nomli xotiralar kitobini nashr ettirdi.

2015-yil 22-dekabr — Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 90 yilligi arafasida „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlandiUkaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 22 dekabrya 2015 goda № 649 „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Rossiyskoy Federatsii“.

2021-yil 15-yanvarda u Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlanganUkaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 15 yanvarya 2021 goda № 25 „O nagrajdenii ordenom Aleksandra Nevskogo Nishanova R. N.“Putin nagradil bivshego pervogo sekretarya TsK kompartii Uzbekistana. Rafiq Nishonov 2023-yilning 12-yanvarida 97 yoshida vafot etdi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:15-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:12-yanvarda vafot etganlar Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar