Chenla — ilk oʻrta ayerlar (VI asr oʻrtasi — VIII asrlar)da Mekong daryosi oʻrta oqimi boʻylarida yashagan monkxmer qabilalari birlashmasi. VIII asrda Ch.ning soʻnggi xukmdori malika Jayadeva davrida oʻzaro raqobatda boʻlgan knyazliklarga parchalanib ketgan. Ch. xukmdori Ishanavarman I (VII asr boshi — taxminan 635) Funan viloyatini egallab, oʻz hokimiyatini Gʻarbga, Angkor tomongacha tarqatgan hamda StungSen daryosi boʻyida Ch. poytaxti — Ishanapur shahriga asos solgan. Ch. davridan gʻishtdan kurilgan koʻplab sajdagoxlar, xaykaltaroshlik namunalari, epigrafik yodgorliklar saqlanib qolgan. Ch.ning madaniy anʼanalari keyinchalik Kambudjadesha davlatida davom ettirilgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Chenla · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.