Yoʻl-yoʻl smorodina, yoki tukli smorodina () — smorodina turkumiga mansub tur.
Tarqalishi Oltoyda, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Xitoyda hamda Pokistonning shimolidagi togʻ yonbagʻirlarida, dengiz sathidan 1500-3000 metr balandlikda oʻsadi.
Botanika tavsifi Tukli smorodina boʻyi 1,5 metrga yetuvchi ikki uyli buta. Kurtaklari jigarrang, tuxumsimon naysimon yoki choʻzinchoq, uzunligi 4-5 mm.
Barglari yumaloq, 3-5 boʻlakli, asosi keng tirnoqsimon, ikki tomoni bezlar bilan qoplangan.
May-iyun oylarida gullaydi. Guli tik, changchili gulning uzunligi 5 sm, urugʻvhili gul qisqaroq (3 sm gacha).
Mevalarining diametri 4-6 mm qizil yoki qizil-sariq sharsimon rezavor. Iyul-avgust oylarida pishib yetiladi.
Manbalar
Turkum:Osiyo o'simliklari Turkum:Smorodina