Viktor Vasilyevich Maleev (1940-yil 22-iyul, Melitopol, Zaporojye viloyati) — sovet va rus mikrobiologi, epidemiolog va yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi (2002—2013-yillar — Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi). Suvsizlanish (shu jumladan, vabo va boshqa yuqumli kasalliklar) uchun ishlatiladigan polielektrolit eritmalari yaratuvchisi. Fan va texnika sohasida Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati (1997).

Biografiya Viktor Vasilyevich Maleyev 1940-yil 22-iyulda Ukrainaning Zaporojye viloyati Melitopol shahrida tavallud topgan.

Taʼlimi 1958—1964-yillarda — M. I. Kalinina nomidagi Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi.

1964-yildan 1965-yilgacha — Andijon davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi aspiranturasi talabasi.

Mehnat faoliyati 1968-yildan hozirgi kunga qadar Maleyevning mehnat faoliyati Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Markaziy Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti (1991-yilgacha — SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligi) bilan uzvniy bogʻliq.

1979-yildan buyon mazkur institut direktorining ilmiy va klinik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, yuqumli patologiya bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. Maleyev bir necha bor Rossiyaning turli mintaqalarida, Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlaridagi xavfli infeksiyalar epidemiyalari tarqalgan hududlariga tashrif buyurgan.

1990-yildan 2001-yilgacha — Moskva yuqumli kasalliklar shifokorlari jamiyati raisi.

2001-yildan beri — Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi.

1999-yildan — Rossiya Federatsiyasi Taʼlim vazirligining Oliy attestatsiya komissiyasi eksperti.

2001-yildan — yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha Boltiq dengizi davlatlari bosh vazirlarining shaxsiy vakillari guruhida Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining shaxsiy vakili.

2002-yildan beri — Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi.

Mukofotlari, premiyalari va faxriy unvonlari

Aleksandr Nevskiy ordeni (2022-yil 7-oktyabr) — sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlari va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun;

„Shon-sharaf“ ordeni (2015-yil 23-mart) — sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlari va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun;

„Doʻstlik“ ordeni (1995-yil 10-aprel) — davlat oldidagi xizmatlari, mehnat, fan, madaniyat, sanʼatdagi yutuqlari, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun;

„Ustozlik uchun“ ko‘krak nishoni (2020-yil 8-iyun) — yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish va faol murabbiylik faoliyatidagi xizmatlari uchun;

Fan va texnologiya sohasidagi Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati (1997-yil, boshqalar bilan hamkorlikda) ilgari nomaʼlum boʻlgan yuqumli kasalliklar klinikasi, etiotropik diagnostikasi va terapiyasi boʻyicha bir qator ishlari uchunUkaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 10 iyunya 1997 N 564 „O prisujdenii Gosudarstvennix premiy Rossiyskoy Federatsii 1997 goda v oblasti nauki i texniki“;

Rossiya Federatsiyasi hukumatining fan va texnologiya sohasidagi mukofoti laureati (1995-yil, boshqalar bilan hamkorlikda) ilgari nomaʼlum boʻlgan yuqumli kasalliklar klinikasi, etiotropik diagnostikasi va terapiyasi boʻyicha bir qator ishlar uchun;

„Mahalliy shifokorlarga Ebola epidemiyasining oldini olishda yordam berish uchun Gvineyaga yuborilganlar“ shiori ostidagi „Zamonaviy Rossiyaning 100 ta eng yaxshi shaxslari: jasoratli ishlari, yutuqlari, kashfiyotlari va tirik tarixiy shaxslar. 2014-yil“ roʻyxatidan oʻrin olgan (taniqli rus virusologi M. Y. Shchelkanov bilan birgalikda).

Manbalar

Havolalar

Maleev Viktor Vasilevich // Sayt Mejdunarodnogo obʼedinyonnogo biograficheskogo sentra Svoy sredi lyudey. Intervyu Intervyu o pandemii COVID-19

Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya) Turkum:Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:22-iyulda tugʻilganlar Turkum:Andijon davlat tibbiyot universiteti bitiruvchilari