Pavel Fyodorovich Chupikov (1913-yil 21-dekabr — 1987-yil 23-iyun) — Sovet qiruvchi uchuvchisi va harbiy qoʻmondon, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. Aviatsiya general-polkovnigi.

Hayoti Pavel Fyodorovich 1913-yil 21-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1929-yilda maktabni tugatgach, Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodida ishlagan.

Chupikov 1931-yil may oyidan Qizil armiyada koʻngillilar safida xizmat qilgan. 1932-yilda Volskdagi 2-harbiy aviatsiya texnik maktabini tamomlagan. 1932-yil avgustdan Ukraina harbiy okrugi (Kiyev) Harbiy-havo kuchlarining 31-aviatsion eskadronida xizmat qilgan. 1934-yil aprel oyida butun eskadron Krasnoyarskka koʻchirildi. Pavel 1937-yil noyabrdan Uzoq Sharqda xizmat qilgan. 1938-yil iyul-avgust oylarida Xasan koʻli yaqinidagi janglarda qatnashgan va buning uchun Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Ulugʻ Vatan urushi Pavel Chupikov 1941-yil 23-iyundan Ulugʻ Vatan urushi janglarida qatnashgan. Polk Gʻarbiy frontda 47- va 23-aralash aviatsiya diviziyalari tarkibida I-16 qiruvchi samolyotlarida jang qilgan. Kapitan Chupikov urushning toʻrtinchi kuni oʻzining birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 1941-yil 25-iyunda Lepel yaqinida bir guruhda nemis bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. 1941-yil sentyabr oyida 170-qiruvchi qanotning navigatori etib tayinlanadi.

1942-yil iyuldan Janubiy, Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz frontlarida 4-havo armiyasining 40-qiruvchi aviatsiya polkining qoʻmondoni lavozimida faoliyat olib borgan. Polk Kavkaz jangida qahramonlarcha jang qildi. Oʻzining 52 ta samolyotini yoʻqotdi va dushmanning 123 samolyotini (shundan 95 tasi havo janglarida urib tushirildi) qirib tashladi.

Mayor Chupikov 194-yil aprel oyidan Voronej frontining 2-havo armiyasi tarkibiga kirgan gvardiya polkiga qoʻmondonlik qildi (oktabrdan 1-Ukraina fronti). Uning qoʻmondonligi ostida polk Kursk va Dnepr janglarida muvaffaqiyatli qatnashgan.

Pavel Fyodorovich 1943-yil 31-oktyabrdan 1943-yil 5-dekabrgacha 2-havo armiyasining 8-gvardiya qiruvchi aviatsiya diviziyasiga komandir vazifasini bajaruvchi qoʻmondon oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

1944-yil mart oyidan urush oxirigacha 1-Belorussiya fronti 16-havo armiyasining 19-qiruvchi aviatsiya polkining qoʻmondoni boʻlib xizmat qiladi. Bu Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlarining eng yaxshi qiruvchi askarlaridan tashkil topgan noyob polk boʻlib, polkning asosiy vazifasi nemis aviatsiyasini „erkin ov“ usuli bilan yoʻq qilish edi. U norasmiy ravishda „Marshal polki“ deb nomlangan. Chunki, polkni Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlari bosh qoʻmondoni, havo bosh marshali A. A. Novikov boshqarganBogdanov P. A. Polk nazivalsya „marshalskiy“ — , 2016. — 244 s.. Sovet Ittifoqi Qahramoni Lev Shestakov vafot etgan soʻng, uning oʻrniga podpolkovnik Chupikov polk komandiri etib tayinlanganKumanichkin A. S. Chtobi jit… Kupsov N. S. Vozdushnie rabochie voyni. Nikolaev M. A. Dobrovolsi, shag vpered! — M.: Mol. gvardiya, 1987. — 335 s. — (Letopis Velikoy Otechestvennoy).. Belarussiya, Serotskaya, Visla-Oder, Sharqiy-Pomeranskaya va Berlindagi hujum operatsiyalarida polkga qoʻmondonlik qilgan.

Manbalar

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 25 yilligi nishoni sohiblari Turkum:Varshavani ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:Berlinni ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:23-iyunda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:21-dekabrda tugʻilganlar