Meʼmor Sinon masjidi () – Turkiyaning Istanbul shahri, Atashehir tumanida joylashgan masjid. Inshoot 2012-yilda foydalanishga topshirilgan.
Masjidning qurilish ishlari Turkiya hukumati buyrugʻiga koʻra amalga oshirilgan va meʼmor Hilmi Şenalp () loyihasiga koʻra qurilgan. Masjid dastlab „Anadoluning buyuk masjidi“ deb nomlanilishi koʻzda tutilgan, keyinchalik esa inshootga bosh vazir Recep Tayyip Erdoğan () Usmonlilar imperiyasining mashhur meʼmori Xoʻja Sinonning (XVI asr) nomini bergan. U masjidning ochilish marosimida Anadoluda meʼmor Sinon „selatin“ masjidi kabi (soʻzma-soʻz tarjimasi: sulton, imperator) masjid yoʻqligini aytgan. Prezident tadbirga tashrif buyurgan davlat rahbarlariga Usmonli imperiyasi sultonlari marosimlarining miniatyura nusxasini sovgʻa qilgan.
Masjid 10 000–12 500 kishiga moʻljallangan. Markaziy gumbazning balandligi 42 metr, minoralarning balandligi 72 metr. Majmuada kutubxona, oʻquv xonalari, konferensiya zallari, doʻkonlar, garaj va VIP zalni oʻz ichiga olgan katta yer osti maydoni mavjud.
Yana qarang
Sulaymoniya masjidi, XVI asrda meʼmor Sino n tomonidan loyihalashtirilgan masjid.
Manbalar
Havolalar
Atashehir Mimar Sinan Camii Facebookda. Hassa arxitekturasidagi Atasehir Mimar Sinan masjidi, rasm galereyasi.
Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:21-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar