Huyayy ibn Axtab () – Islomdan oldingi Arabistonning Madina shahridagi yahudiy qabilasi Banu Nodir urugʻi boshligʻi.
Biografiyasi
Oilasi Huyay ibn Axtabning asl nasabi Huyay ibn Axtab ibn Saʼya ibn Saʼlaba ibn Ubayd ibn Kaʼb ibn al-Xazraj ibn Abu Habib ibn an-Nodir boʻlganPoonawala, I. K. (1990). Translation of The History of al-Tabari: The Last Years of the Prophet, Volume 9, pp. 134-135.. U qoʻshni Banu Qurayza urugʻidan Barra binti Samavalga uylangan va undan kamida bir oʻgʻil va ikki qiz farzand koʻrgan. Barra bint Samaval taniqli arab yahudiy oilasidan boʻlib, otasi al-Samav’al ibn Adiya shoir edi.
Shaxsiyati Huyay ibn Axtab jasur jangchi va bilimli kishi boʻlganGottheil, Richard and M. Seligsohn. „Huyayy ibn Akhtab.“ Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906; which cites the following bibliography:.
Hijratdan keyin Qizining aytishicha, Huyay ibn Axtab Madinaga kelgan kunidanoq paygʻambar Muhammadga qarshi chiqqan. U yana shunday eslaydi:
Dastlab Huyay ibn Axtabning muxolifati oddiygina ommaviy munozaralar shaklida boʻldi. Bir kuni u Muhammad bilan Qur’ondagi baʼzi suralardan boshlanadigan tasavvufiy harflar haqida suhbatlashdiGottheil, Richard and M. Seligsohn. „Huyayy ibn Akhtab.“ Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906; which cites the following bibliography:. Taniqli sahoba Abdulloh ibn Salom musulmon boʻlgach, Huyay unga: „Arablarda paygʻambarlar yoʻq, lekin sizning xoʻjayiningiz oddiygina insonlar podshosidir“, degan ediGuillaume, A. The Life of Muhammad: Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah.. Quraysh qabilasi boshligʻi va Muhammadning dushmani Abu Sufyon Huyayning uyiga oʻzini koʻrsatish uchun kelganida Huyay murosa qilishdan qoʻrqib, uni uyiga qabul qilmaydi.
Ammo Huyay Muhammadning eng ashaddiy dushmani boʻlgan. Ibn Hishom Huyayni Allohning dushmani deb ataganGottheil, Richard and M. Seligsohn. „Huyayy ibn Akhtab.“ Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906; which cites the following bibliography:. 625-yilning yozida Muhammad Nodir mahallasiga borib, ulardan qoʻshinga hissa qoʻshishini soʻraydi. Huyay unga yordam berishga berishga rozi boʻladi, lekin Muhammad ulardan birining uyi devori yonida kutib turganida, ularning Muhammadni oʻldirish rejasi borligi ayon boʻladi. Shundan keyin Muhammad hamrohlari bilan Madinaga qaytib ketadi. Shogirdlari undan nega bunchalik shoshib ketdingiz, deb soʻrashganda, Muhammad Jabroil uga Huyay ibn Axtab yahudiylarga uni oʻldirishga undayotganini xabar berganini aytadi.
Bu harakati tufayli Muhammad Nodir qabilasi bilan ittifoqni tugatadi. U oʻzining hamrohlaridan biri Muhammad ibn Muslimani yahudiylar huzuriga yuboradi va ular Madinani maʼlum vaqt ichida tark etishlari kerakligini aytadi. Yahudiylar soxta musulmonlar (munofiqlar) buyrugʻiga koʻra shaharni tark etishni istamasliklarini aytishganda Muhammad harbiy harakatga kirishishga qaror qiladi va yahudiylarni ularning qal’alarida qamal qiladi. Olti kechadan soʻng, yahudiylar qurollarini tashlashga rozi boʻladilar va harbiy qurollaridan tashqari hamma narsalarini olib ketish ruxsati bilan Madinani tark etishadi. Yahudiylarning bir qismi Madinadan Haybarga, bir qismi esa Suriyaga joʻnaydiWhen The Moon Split / A Biography of the Prophet Muhhammad.
Banu Nodirning Haybarga surgun qilinishi Huyay ibn Axtab va uning oilasi Haybarga joylashadi, u yerda yahudiy dehqonlar jamoasi ularni kutib olishadi va ularga rahbarlik qilishadi. Huyay Hayboriylarni Quraysh va Gʻatafan arab qabilalari bilan birga Muhammadga qarshi faol qoʻzgʻolon koʻtarishga undaydiGottheil, Richard and M. Seligsohn. „Huyayy ibn Akhtab.“ Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906; which cites the following bibliography:, natijada 627-yilda Xandaq jangi boʻlib oʻtadi.
Xandaq jangi Huyay Madinadagi Banu Qurayza qabilasining boshligʻi Kaʼb ibn As’adning huzuriga kelib, uni Muhammadga qarshi urushishga undaydi, ammo uning bu harakatlari foyda bermaydiGottheil, Richard and M. Seligsohn. „Huyayy ibn Akhtab.“ Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906; which cites the following bibliography:. Jang davomida Muhammad Banu Qurayzani qamal qilib, 627-yilning may oyida ularni taslim qilishga erishadi.
Huyay ibn Axtabning Barra binti Samavaldan Safiya binti Huyay ismli qizi boʻlib, u keyinchalik paygʻambar Muhammadga turmushga chiqqanGottheil, Richard and M. Seligsohn. „Huyayy ibn Akhtab.“ Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906; which cites the following bibliography:.
Yana qarang Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Muhammadning muxoliflari