Anna Mariya van Shurman (; 1607-yil 5-noyabr – 1678-yil 4-may) Gollandiyalik rassom, oʻymakor, shoir, olim, faylasuf va feministik gʻoyalarning dastlabki tarafdorlaridan biri boʻlgan. U oʻzining keng bilim doirasi va ayollar taʼlimi uchun olib borgan harakatlari bilan tanilgan. Van Shurman oʻz davrining oliy maʼlumot olgan ayollaridan biri boʻlib, sanʼat, musiqa va adabiyot sohalarida chuqur bilimlarga ega edi. U 14 tilni, jumladan lotin, qadimgi yunon, ibroniy, arab va bir nechta zamonaviy Yevropa tillarini mukammal bilgan.
Hayoti va taʼlimi Anna Mariya van Shurman 1607-yil 5-noyabrda Kyoln shahrida Frederik van Shurman va Eva fon Xarff de Dreybornlar oilasida tugʻilgan. Toʻrt yoshida oʻqishni oʻrganadi. Oʻn yoshida esa kashtaga turli naqshlar tushirishni boshlaydi. 1613-yilda uning oilasi Utrextga koʻchib oʻtadi va oʻn yildan soʻng u yerdan Franekerga koʻchib ketishadi.
Shurman taʼlimni oilasidagi oʻgʻil bola akalari bilan birga olgan. Otasi Shurmanga lotin tilini oʻrgatadi va unga Leyden universiteti professorlari murabbiylik qilib borishadi. Shurman Leyden universitetida norasmiy taʼlim olgan birinchi ayol hisoblanadi. U ayollarning universitetdan chetlashtirilishiga qarshi chiqib, maʼruzalar qiladi va shu tariqa Gollandiyada universitetda oʻqigan birinchi ayolga aylanganAnna Maria Schuurmans biography in De groote schouburgh der Nederlantsche konstschilders en schilderessen (1718) by Arnold Houbraken, courtesy of the Digital library for Dutch literature.
Ayollar taʼlimi va ijtimoiy faoliyati Van Shurman ayollar taʼlimiga katta eʼtibor qaratgan va bu borada koʻplab qoʻlyozma asarlar qoldiradi. U oʻzining "Dissertatio De Ingenii Muliebris ad Doctrinam" asarida ayollarning oʻqish huquqini himoya qilish haqida yozganHonig, Elizabeth Alice. "The Art of Being "Artistic": Dutch Women's Creative Practices in the 17th Century." Woman's Art Journal 22, no. 2 (2001): 31-39. doi:10.2307/1358900.. 1638-yilda Parijda uning asari ruxsatsiz tarzda tarqatilgach, uch yil oʻtib, 1641-yilda birinchi nufuzli risolasini nashr etadi. Shurman diniy asarlarni tarjima qiluvchi Daniya zodagon ayoli Birgitte Tott bilan ayollar taʼlimi masalasi tez-tez muhokama olib borganMoore, Cornelia Niekus. "Anna Maria van Schurman (1607–1678)." Canadian Journal of Netherlandic Studies 11, no. 32 (1990): n5.. Shurman 1660-yillarda Labadistlar harakatiga qoʻshilib, bu harakatning asosiy yetakchilaridan biriga aylangan. U cherkov islohoti yoʻlida faol harakat olib borgan Jan de Labadining taʼlimotini qoʻllab-quvvatlaydi. Shurman 1678-yil, 70 yoshida vafot etadi.
Manbalar
Turkum:Gollandiyalik rassomlar Turkum:Gollandiyalik shoirlar Turkum:1607-yilda tugʻilganlar Turkum:1678-yilda vafot etganlar