Tahere Safarzoda (, 1936-yilda Sirjon, Kerman viloyati, Eronda tugʻilgan — 2008-yil 25-oktabrda Tehron, Eron) eronlik shoir, yozuvchi, tarjimon va taniqli universitet professori ediMuslimah Writers Alliance Muslim Women Making History: Tahereh Saffarzadeh.
Taʼlimi Tahere Safarzoda 1960-yilda ingliz tili va adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Bir necha yildan soʻng u Angliyaga, soʻngra Amerika Qoʻshma Shtatlariga ketdi. Xalqaro yozuvchilar dasturi aʼzosi sifatida qabul qilingach, u yozuvchilar, shoirlar, rassomlar va hokazolarga oʻz sanʼat sohalarini universitet darajasida ham amaliy seminarlar, ham nazariy kurslar orqali oʻqitish imkonini berish uchun moʻljallangan M. F.A dasturiga ham oʻqishga kirdi. Daraja olish uchun u zamonaviy jahon adabiyotining yirik namoyandalarini, ayniqsa amaliy adabiy tanqid va tarjima amaliyotiga eʼtibor qaratgan holda oʻrgandi.
Asarlari Safarzoda oʻn toʻrt jild sheʼrlar nashr qilgan. U, shuningdek, badiiy, ilmiy va Qurʼon matnlarini tarjima qilish tamoyillariga oid oʻnta kitob muallifi hamdir.
Tarjima ilmining samaradorligi borasida Safarzoda bir necha nazariyalarni ilgari surgan, ulardan „Tarjima orqali ilmiy taraqqiyot“ eng eʼtiborlisi hisoblanadi. 1999-yilda chop etilgan „Muqaddas Qurʼonning asosiy maʼnolarini tarjima qilish“ nomli kitobida, Qurʼonning ingliz va fors tarjimalari boʻyicha olib borgan jiddiy tadqiqotida u asosiy kamchilik va nuqsonlarni aniqlashga muvaffaq boʻlgan; va ularni koʻrsatib berish orqali Qurʼonni tarjima qilish sohasida ekvivalentlarni topishda yangi yondashuv eshigini ochgan, bu esa mana shunday eʼtiborga molik konseptual tarjima koʻrinishida namoyon boʻlgan. U oʻzining ikkita tildagi Qurʼon tarjimasini fors va ingliz tillarida 2001-yilda nashr ettirdi, bu Qurʼonning birinchi ikki tilli tarjimasi va ayol tomonidan Qurʼonning ingliz tiliga qilingan ilk tarjimasidirSaffarzadeh Commemoration Due Iran Daily, October 18, 2010Art News in Brief Tehran Times, October 28, 2008.
Mukofot va sharaflar U 2005-yilda „Afro-Osiyo yozuvchilar uyushmasi“ tomonidan tanlangan va Misrning ushbu tashkilot rahbari boʻlgan „Madaniyat va axborot vaziri“ Muhammad Majdi Marjan tomonidan etirof etilganMuslimah Writers Alliance Muslim Women Making History Tahereh Saffarzadeh. Xatda shunday deyiladi, „Yetakchi va saralangan adabiyot sohibasi ayollarni yod etish maqsadida biz butun islomiy ummaga oʻzining uzoq yillik kurashlari bilan tanish boʻlgan, xalqaro miqyosda mashhur eronlik shoir Tahere Safarzodani 2005-yilning islom olamida va xalqaro maydondagi yetakchi ayoli sifatida tanladik.“
Afro-Osiyo yozuvchilar uyushmasi xabarlariga koʻra: Buyuk eronlik fidoyi shoira va yozuvchi Tahere Safarzoda — imonli musulmon ayollar uchun yuksak ibratdir; barcha musulmonlar uning martabasini ulugʻlaydilar va uning siyosiy kurash yoʻli hamda chuqur bilimi tufayli bu yil u mazkur tashkilot tomonidan eʼzozga loyiq, deb topildi.
Manbalar
Havolalar http://zamaaneh.com/news/2008/10/post_6780.html http://www.farsnews.ir/newstext.php?nn=8708040168 http://atiban.com/article.aspx?id=3164 Rasmiy veb sahifa
Turkum:Tehronlik yozuvchilar Turkum:Tehronlik ayol yozuvchilar