Qutayla binti al-Horis () yoki Qutayla uxtun an-Nazr Quraysh qabilasiga mansub boʻlib, milodiy VII asrda yashagan arab ayoli, Nadr ibn al-Horis uchun yozgan mashhur marsiyasi tufayli arab tilida ijod qilgan eng ilk shoira sifatida qayd etiladi.

Hayoti

Qutayla tarixiy manbalarda qarindoshi Nazr ibn al-Horis bilan bogʻliq holda tilga olinadi. U Toifdan boʻlgan arab mushrik tabib boʻlib, arablarga Rustam va Isfandiyor haqidagi rivoyatlarni soʻzlab berar, islom paygʻambari Muhammadni masxara qilardiByzantium and the Arabs in the Sixth Century, Volume 2, Part 2, p.179, Irfan Shahîd. Also see footnote. 624-yilda boʻlib oʻtgan Badr jangidan keyin al-Horis asir olingan va qasos tariqasida paygʻambar Muhammad uni Alining qoʻli bilan qatl ettirishni buyurganThe Encyclopaedia of Islam, New Edition, Vol. VII, 1993, p. 872"Sirat Rasul Allah" by Ibn Ishaq, p.135-136. Ayrim manbalarda Qutayla Nazrning singlisi (uxtun) deb qayt etiladi, boshqalarida esa uning qizi (binti) sifatida taʼriflangan. Biroq eng keng tarqalgan daʼvoga koʻra, Qutayla a-Nazrning singlisi boʻlganSarah Bowen Savant, The New Muslims of Post-Conquest Iran: Tradition, Memory and Conversion (Cambridge: Cambridge University Press, 2013), p. 176.. Uning toʻliq ismi ayrim manbalarda Qutayla uxtun an-Nazr ibn al-Horis ibn Alqama ibn Kalda ibn Abdumanaf ibn Abduddor ibn Qusayy al-Qurashiyya al-Abdoriyya tarzida keltiriladiZaynab Fawwāz, Kitāb al-Durr al-Manthūr fī Ṭabaqāt Rabbāt al-Khuduūr (Būlāq: ʼal-Maṭbaʼah ʼal-Kubrá ʼal-ʼAmīrīyah, 1312 ), as corrected by Marilyn Booth, Classes of Ladies of Cloistered Spaces: Writing Feminist History through Biography in Fin-de-Siècle Egypt (Edinburgh: Edinburgh University Press, 2015), Appendix 2. Booth changes Fawwāz’s bint 'daughter' to ukht 'sister'.. Shuningdek, oʻrta asr manbalaridan biri hisoblanmish al-Johizning „Kitob al-Bayon va-t-tabyin“ asarida u aslida Laylo deb atalgan, degan rivoyat ham uchraydiiv, 44: Ch. Pellat, 'al-Naḍr b. al-Ḥārith', in Encyclopaedia of Islam, Second Edition, ed. by P. Bearman, Th. Bianquis, C. E. Bosworth, E. van Donzel, and W. P. Heinrichs (Leiden: Brill, 1954-2009), VII 873, https://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_5730..

Ijodi Nazr uchun yozilgan bir marsiya Qutaylaga nisbat beriladi. Unda Qutayla paygʻambar Muhammadni NAzrni qatl qilgani uchun malomat qilganClassical Arabic Poetry, trans. by Charles Greville Tuety (London: KPI, 1985), p. 121 [no. 20]. For another translation, implying a rather different text, see The Life of Muhammad: A Translation of Isḥāq’s Sīrat Rasūl Allāh"", trans. by A. Guillaume (Oxford: Oxford University Press, 1955), p. 360, https://archive.org/details/TheLifeOfMohammedGuillaume.. Baʼzi sharhlarga koʻra, paygʻambar Muhammad bunga javoban: „Agar uni oʻldirishimdan oldin uning baytlarini eshitganimda edi, bunday qilmagan boʻlardim“, deganE.g. Ibn Khallikanʼs Biographical Dictionary, trans. by Bn Mac Guckin de Slane, Oriental Translation Fund (Series), 57, 4 vols (Paris: Printed for the Oriental translation fund of Great Britain and Ireland, 1842-71), I 372; Muslim Exegesis of the Bible in Medieval Cairo: Najm al-Dīn al-Ṭūfī's (d. 716/1316) Commentary on the Christian Scriptures, ed. and trans. by Lejla Demiri (Leiden: Brill, 2013), p. 479 (§ 522)..

Manbalar

Turkum:Ayol sahobalar Turkum:Islomni qabul qilganlar Turkum:Ilk islom davri shoirlari Turkum:Arab tilida ijod qilgan ayol shoiralar Turkum:7-asrda vafot etganlar