Molly Alice Smitten-Downes (2-aprel1985-yil) ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiq muallifidir. Molly taxallusii bilan tanilgan.
Dastlabki hayoti U Anstey, Leicestershire shahrida tugʻilgan"Eurovision 2014: Leicestershireʼs Molly Smitten-Downes on why sheʼs just got to deliver that killer vocal ", Leicester Mercury, 10 March 2014. Retrieved 2 May 2014. Molly Rothley shahrida voyaga yetgan va Loughborough shahridagi Our Lady's Convent School maktabida tahsil olgan. U sakkiz yoshidan boshlab sahna qo'shiq ijro eta boshlagan. U Leicester College va Surrey grafligidagi Guildford shahrida joylashgan Academy of Contemporary Musicda musiqa yoʻnalishida tahsil olgan.
Faoliyati
2005–2010: Stunt Molly Britaniyaning „Stunt“ nomli dance musiqasi loyihasi aʼzosi boʻlgan. Ushbu loyiha 2008-yilda Sash! bilan hamkorlikda ijro etilgan „Raindrops (Encore une fois)“ nomli mashup trek orqali chartlarda muvaffaqiyat qozongan. Mazkur qoʻshiq „Raindrops“ (2006) va „Encore une fois“ (1997) qoʻshiqlarining uygʻunlashuvi natijasida yaratilgan. 2009-yilda Smitten-Downes shved prodyuseri va qoʻshiqchi-muallifi Basshunter bilan hamkorlik qilib, „I Will Learn to Love Again“ qoʻshigʻini yozgan. Ushbu qoʻshiq Basshunterning Buyuk Britaniyada chiqarilgan ikkinchi albomi — Bass Generation tarkibiga kiritilgan.
Manbalar