Fernando Carlos Redondo Neri (1969-yil 6-iyunda tugʻilgan) — argentinalik sobiq professional futbolchi, tayanch yarim himoyachisi sifatida toʻp surgan. Redondo asosan, „Real Madrid“ va „Milan“ klublaridagi faoliyati bilan tanilgan. U barcha davrlarning eng buyuk tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Hujumga qoʻshilish va kreativ oʻyin namoyish etish qobiliyatiga ega boʻlgan bu tayanch yarim himoyachisi professional faoliyatini „Argentinos Juniors“ klubida boshlagan. Soʻngra „Tenerife“ va „Real Madrid“ klublari safida toʻliq oʻn yil davomida La Ligada toʻp surgan va bir nechta jarohatlar tufayli qisqarib ketgan faoliyatini Italiyaning „Milan“ klubida yakunlagan. U „Real Madrid“ safida ikki marta La Liga chempionligini va shuncha Chempionlar ligasi kubogini qoʻlga kiritgan, 2003-yilda esa „Milan“ bilan ham Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan.

Redondo 1990-yillarda Argentina terma jamoasi aʼzosi boʻlib, 1994-yilgi Jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan, shuningdek, 1992-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi va 1993-yilgi Amerika kubogida gʻolib chiqqan.

Oʻyin uslubi Himoyachilar oldida toʻp suruvchi nafis harakatlarga ega Redondo ortki chiziqda harakat qiluvchi pleymeyker edi. U oʻzining noodatiy toʻp uzatishi, maydonni koʻra bilish qobiliyati, texnikasi va chap oyogʻi bilan toʻpni oʻziga boʻysindira olishi bilan ajralib turardi. Yarim himoyada jamoasining oʻyin tempini nazorat qilish qobiliyati uni 90-yillardagi „Real Madrid“ jamoasining asosiy oʻyinchisiga aylantirgan. Yuqori tezlikka ega boʻlmasa-da, u tezlik olishda yaxshi edi va toʻpni olib qoʻyishda samarali va tajovuzkor oʻyin namoyish etardi. Hujumda boʻlgani kabi himoyada ham jamoasiga katta foyda keltirardi.

Shu sababli, yarim himoyada oʻyinni boshqarish hamda jamoasiga himoyada yordam berish qobiliyati tufayli uning roli metodistaga (italyan futboli jargonida „markaziy yarim himoyachi“) qiyoslangan. Fabio Capello Redondoni „taktik jihatdan mukammal“ deb taʼriflagan.

Garchi u oʻz avlodining eng buyuk yarim himoyachilaridan biri deb hisoblangan boʻlsa-da, Redondo butun faoliyati davomida, ayniqsa, soʻnggi yillarida, jarohatlardan koʻp aziyat chekkan.

Shaxsiy hayoti Redondo sanoatchilar oilasida tugʻilib, toʻkin-sochinlikda voyaga yetgan. Keyinchalik, futbolchilik faoliyatining dastlabki yillarida universitetda huquqshunoslik boʻyicha tahsil olgan. Fernando hamkasbi Santiago Solarining amakivachchasiga uylangan boʻlib, oʻgʻillari Federico va kichik Fernando ham futbol bilan shugʻullangan.

Fernando ashaddiy kitobxon boʻlib, Jorge Luis Borges hamda Gabriel García Márquezni oʻzining eng sevimli ikki yozuvchisi deb bilgan.

Yutuqlar Real Madrid

La Liga: 1994-95, 1996-97 Ispaniya Superkubogi: 1997-yil UEFA Chempionlar Ligasi: 1997-98, 1999-2000 Qitʼalararo kubok: 1998-yil

Milan

A Seriya: 2003-04 Italiya kubogi: 2002-03 UEFA Chempionlar Ligasi: 2002-03 UEFA Superkubogi: 2003-yil

Argentina U17

Janubiy Amerika U-17 chempionati: 1985-yil

Argentina

Amerika kubogi: 1993-yil FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 1992-yil

Shaxsiy

FIFA Konfederatsiyalar kubogi: Oltin toʻp 1992 Jahon XI: 1996 Tenerifeda yilning eng yaxshi futbolchisi: 1992-93, 1993-94 „Real Madrid“ning eng yaxshi futbolchisi: 1996-97, 1999-2000 Yilning ESM jamoasi: 1997-1998 Trofeo EFE: 1990-1999-yillarning eng yaxshi futbolchisi UEFA klublarida yilning eng yaxshi futbolchisi: 1999-2000 AFA barcha davrlar jamoasi (2015-yilda nashr etilgan) IFFHS Argentina barcha vaqtlarning orzu jamoasi: 2021

Manbalar

Havolalar

SuperFutbol biography Futbol Factory biography

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Argentine Primera División futbolchilari Turkum:Argentinos Juniors futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:CD Tenerife futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA yilning eng yaxshi erkak futbolchisi sovrini sohiblari Turkum:Argentina yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:1992-yilgi Qirol Fahd kubogi futbolchilari Turkum:Copa América 1993 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Italiyadagi argentinalik muhojir sportchilar