thumb|300px|Xarita Abkayk – Saudiya Arabistoni sharqiy qismidagi shahar. Aholisi qariyb 10 ming kishi. Temir yoʻl stansiyasi. Yaqin Sharqda neft qazib olinadigan muhim markazlardan (qarang: Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasi). Abkaykdan turli tomonga 6 ta magistral neft quvuri tortilgan, jumladan, Arabiston yarim orolini kesib oʻtuvchi „Taplayn“ neft quvuri Livanning Sayda shahrigacha boradi. Neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda; oltingugurt ishlab chiqaruvchi zavod bor.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil