Diplomatik akt — davlatlar oʻrtasida olib borilgan diplomatik muzokara yoki maxsus konferensiya qarori. Diplomatik akt shartnoma, bitim, pakt, konvensiya, protokol, deklaratsiya, ustav, statut kabi turli nomlar bilan atalishiga qaramay, yagona yuridik ahamiyatga ega hujjat . Diplomatik aktning keng tarqalgan shakli — sulh, oʻzaro yordam va savdo toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma. Bayonot, memorandum ham diplomatik akt hisoblanadi.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Xalqaro tashkilotlar Turkum:Xalqaro aloqalar Turkum:Xalqaro chegaralar Turkum:Xalqaro huquq Turkum:Xalqaro munosabatlar Turkum:Xalqaro konvensiyalar Turkum:Huquq Turkum:Huquqiy adabiyotlar Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqshunoslikka oid chala maqolalar Turkum:Davlat Turkum:Davlat apparati Turkum:Davlat huquqi Turkum:Davlatlarga koʻra tashqi siyosat