Qahramonmarʼash (), avvalgi nomi Marʼash (arabcha va usmonli turkcha: مَرْعَش) — Turkiyaning jan. qismidagi shahar. Qahramonmarʼash elining maʼmuriy markazi. Aholisi 242 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Qahramonmarʼash rayonining muhim savdo-transport markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Qoʻlda gilam toʻqiladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Turkiya shaharlari